Seminarlar
Seminarlar turli tematik yo’nalishlarga bo’lingan
Seminarlarning mavzulari quyidagi yo’nalishlarga bo’lingan:
- Ta’lim va raqamli vositalar
- Til, adabiyot va madaniyatlararo muloqot
- Nemis tilini o‘rgatish
- Nemis tili va tadqiqot
- O’qish va kasbiy faoliyatda Nemis tili
- Nemis tilida gapiring va o’rganing
Turli mavzular bo’yicha imkon qadar ko’proq seminarlarda qatnasha olishingiz uchun seminarlar bir necha marta taklif etiladi. Iltimos, har kuni turli seminarlarda ishtirok eting.
Ta’lim va raqamli vositalar
Tadbir | Tafsilotlar |
---|---|
BarCamp „O’qitish & O’rganish & Tadqiqot“ | Prof. Dr. Marion Bönnighausen / Prof. Dr. Silvia Reuvekamp, Myunster Universiteti |
Mavzu | „O’qitish & O’rganish & Tadqiqot“ BarCampi doirasida o’qitishdagi dolzarb o’zgarishlarning markaziy masalalari bo’yicha ochiq va intensiv almashinuv taklif etiladi. Seminarning maqsadi o‘qituvchilarni yangi chaqiqiqlarni bartaraf etishda qo‘llab-quvvatlash va birgalikda innovatsion strategiyalar va formatlarni ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu taklif akademik va maktab sektoridagi barcha qiziqqan o’qituvchilarga qaratilgan bo’lib, o’zlarining o’qitish amaliyotini reflektsiya qilish va yanada rivojlantirish uchun platformani taklif qiladi |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Raqamli Labaratoriya | Ninja Schmiedgen, Myunster Universiteti |
Mavzu | Raqamli labaratoriyada turli raqamli o’qitish va o’rganish vositalaridan foydalanish taqdim etilgan va tushuntirilgan. Biroq, asosiy e’tibor mazkur imkoniyatlarni mustaqil ravishda kashf qilish va sinab ko’rishga, shuningdek, talabalar bilan kundalik ishlash jarayonida mazkur imkoniyatlarni qo’llash stsenariylarini birgalikda muhokama qilishga qaratilgan. Ishtirokchilardan, shuningdek, o’zlarining kundalik ish jarayonlarida duch kelayotgan turli muammolarni ko‘tarishlari so’raladi hamda mazkur chaqiriqlarga raqamli vositalar yordamida ehtimoliy yechimlar qidiriladi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; A2 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Nemis tili darslarida raqamli vositalar yordamida mustaqil o‘rganish | Arslon Matkarimov, Myunster Universiteti |
Mavzu | Raqamli vositalar o’quv kurslarda, jumladan nemis tili darslarida ham tobora muhim vositaga aylanib bormoqda. Bu o’raganuvchilarni o’z ehtiyojlari va o’rganish yo’llarida mustaqil va individual tarzda qo’llab-quvvatlash kutilmalari bilan ham bog’liqdir. Bizning asosiy maqsadimiz - nemis tili darslarida mustaqil o’rganish uchun raqamli vositalardan foydalanishning turli imkoniyatlarini ko’rsatish, amaliy jihatdan sinab ko’rish va tanqidiy reflektsiya qilishdir. Ushbu seminarda o’qituvchilar va talabalar ushbu vositalardan o’zlari foydalanishlari va o’z mashg‘ulotlarida foydalanish imkoniyatlarini o’rganishlari mumkin. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; A2 til darajasidan |
Til, adabiyot va madaniyatlararo muloqot
Tadbir | Tafsilotlar |
---|---|
Adabiyot va madaniyat | Prof. Dr. Matías Martínez, Vuppertal Bergische Universiteti |
Mavzu | Adabiy (badiiy) va adabiy bo’lmagan (faktual) matnlarni aslida nima ajratib turadi? Turli madaniyatlarda ushbu ikki turdagi matnlar chegarasi haqida turli qarashlar va shunga mos ravishda adabiyotga bo‘lgan turli kutilmalar bormi? Seminarda ushbu savollarga ba’zi javoblar taqdim etiladi va muhokama qilinadi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Madaniyatlararo muloqotning nazariy asoslari | Sanjar Islomov, Myunster Universiteti |
Mavzu | Madaniyatlararo kompetentsiya bugunga kelib xorijiy til kontekstidan tashqari, biznes, xalqaro munosabatlar va boshqa ko’plab sohalarda ham elementar ko‘nikma sifatida ko’riladi. Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchilarda madaniyatlararo kompetentsiyani rivojlantirishga hissa qo’shishdir. Shu maqsadda madaniyatlararo muloqotning markaziy atamalari aniqlanadi, kommunikativ talab va shartlar keltirib o‘tiladi, „Hotspots“ yoki „Rich Points“ deb ataladigan joylar ko‘rsatiladi va madaniy o‘lchov tushunchasidan foydalangan holda amaliy ishlanadi. Shuningdek fan doirasidagi ilmiy adabiyotlardagi aktual tadqiqot yondashuvlari haqida tushuncha beriladi hamda nemis va o‘zbek jamiyati diskurslaridagi madaniyatlararo muloqot namunalari amaliy misollar yordamida muhokama qilinadi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
O‘qitish, o‘rganish va oliy ta’lim muloqotiga madaniy-qiyosiy nazar | Albina Haas, Myunster Universiteti / Dr. Yarasch Ruziev, Dilshod Abdulhayrov, Buxoro Davlat Universiteti |
Mavzu | Xalqaro hamkorlik, transchegaraviy tadqiqotlar va bilimlar almashinuvi bugungi kunda oliy ta’limning ajralmas qismiga aylandi. Ushbu seminar Germaniya va O’zbekiston universitetlari kontekstidagi xalqaro almashinuvning o’qitish va o’rganish amaliyotiga madaniy ta’sirlari masalasiga bag’ishlangan. Aniq ta’lim va o’quv vaziyatlari misolida, tegishli oliy ta’lim madaniyatlarining o’ziga xos, madaniyatlararo xususiyatlari global universitet landshaftida harakat qilish kompetentsiyasini kengaytirish maqsadida ko’rsatib beriladi va targ’ib qilinadi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; A2 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Ayollar va karyera imkoniyatlari | Dr. Zamira Shirnazarova, Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti |
Mavzu | Barcha madaniyatlarda inson qachon ayol yoki erkak ekanligi va oilada yoki jamiyatda qanday rol o’ynashi haqida fikrlar mavjud. Ushbu g’oyalar shunchalik farq qilishi mumkinki, madaniyatlararo muloqotda gender rollari sohasida tushunmovchiliklar osongina paydo bo’lishi mumkin. Bizning seminarimizda “ayollar va karyera imkoniyatlari” mavzusida turli didaktik takliflar taqdim etiladi va darslarda foydalanish imkoniyatlari (madaniyatlararo muloqotning bir qismi sifatida) muhokama qilinadi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Avlodlararo ziddiyatlar | Gulnora Abdullayeva, Urganch Davlat Universiteti |
Mavzu | Jamiyatda turli manfaatlarni ifodalovchi va turli maqsadlarni ko’zlovchi ko’plab guruhlar mavjud bo’lib, ular ba’zan nizolarga olib kelishi mumkin. Yoshlar keksa odamlardan farqli maqsadlarni ko’zlaganlarida, avlodlararo ziddiyatlar paydo bo’lishi mumkin. Ushbu seminarda qatnashchilar to‘rtta asosiy ko‘nikmaga asoslangan “avlodlararo ziddiyatlar” mavzusida mashqlar bajarishlari mumkin. Mazkur mashqlar yordamida O‘zbekiston va Germaniyadagi avlodlararo ziddiyatlarning o‘xshash va farqli tomonlari muhokama qilinadi. Shundan so’ng ishtirokchilar taxmin qilingan avlodlararo ziddiyatlarning kelib chiqish sabablari haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni taqqoslash va muhokama qilish uchun tahlil qiladilar. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; A2 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Din va jamiyat | Dr. Zohid Jumaniyozov, Urganch Davlat Universiteti |
Mavzu | Ko’p odamlar uchun dinlar inson mavjudligining markaziy elementidir. Ular odamlarning kundalik va ma’naviy hayotida muhim rol o’ynaydi. Ushbu seminarda ishtirokchilar dunyo dinlari haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lishadi. Maxsus ishlab chiqilgan mashqlar yordamida ishtirokchilarning dinlarga oid bilim va tajribalari almashiladi va reflektsiya qilinadi. Bundan tashqari, seminar davomida ishlab chiqilgan materiallarni taqdimot qilish imkoniyati beriladi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
Nemis tilini o‘rgatish
Tadbir | Tafsilotlar |
---|---|
Adabiyotni musiqa orqali o‘rgatish | Anna Maria Plischka, Myunster Universiteti |
Mavzu | Adabiyot uchun musiqa va musiqa uchun adabiyot - bu ikki san’at o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik o’tmish va hozirgi madaniyatni shakllantirib kelgan va kelmoqda. Nemis tilida so’zlashadigan dunyoda qo’shiqlar qanday ahamiyatga ega? Chet tili darslarida musiqadan foydalanish qanday imkoniyatlarga ega? Qo’shiqlar orqali madaniyatni qanday yetkazish mumkin? Seminarda murakkab she’riyatga yondashish imkonini beruvchi usullar ham taqdim etiladi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Adabiyot darslarida mediavositalar | Zamira Ibragimova, Urganch Davlat Universiteti / Anna Maria Plischka, Myunster Universiteti |
Mavzu | Adabiyot darslari tabiatan kitob mediavositasi bilan chambarchas bog‘liq. Ammo chet tili darslariga integratsiya qilish uchun yana qanday (raqamli) media vositalardan foydalanish mumkin, ular orqali qanday ko‘nikmalarni o‘rganish mumkin va bu bizning adabiyotga bo‘lgan nuqtai nazarimizni qay darajada o‘zgartiradi? Seminarda turli media vositalari misol tariqasida taqdim etilib, yuqoridagi savollarga javoblar taqdim etiladi hamda muhokama qilinadi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; A2 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Chet tili darslarida kreativ mashqlar | Rayhon Sapayeva / Chamangul Yusubova, Urganch Davlat Universiteti |
Mavzu | Zamonaviy chet tili darslari doimo kommunikativ, faol va harakatga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun ham ushbu seminarda biz turli xil mashqlar turlari bilan tanishamiz, tahlil qilamiz, solishtiramiz va qo’llab ko‘ramiz. Mashqlar lug’at, talaffuz, strukturalar yoki ma’lum ko’nikmalarni maxsus o’rgatish orqali, til bilimlarini kundalik hayotda erkin qo’llashga tayyorlaydi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
YOZISH produktiv ko’nikmasini mustahkamlash | Zayniddin Sanakulov, Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti |
Mavzu | “Yozishdan maqsad boshqalarga ko’rsatishdir” (Jozef Konrad, 1857-1924). Ushbu iqtibos bilan chet tilini o’rgatishning to’rtta ko’nikmalaridan biri bo’lgan yozish ko’nikmasi seminari boshlab beriladi. Tinglash, gapirish va o’qishdan tashqari, yozish produktiv ko’nikma bo’lsada, ushbu ko’nikma kommunikativ yondashuvga asoslangan chet tili darslarida ziddiyatlardan holi emas. Seminarda yozishni o’rgatuvchi turli mashqlar va topshiriqlar taqdim etiladi, birgalikda sinab ko’riladi va ulardan darslarda qanday qilib oqilona foydalanish imkoniyatlari ko’rsatib o’tiladi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Ma’ruza eTwinning: maktablar xalqaro raqamli tarmog’i (Maktablar kelajak hamkorlari – Gyote-Institutining ta’lim tashabbusi) | Christiane Eichel, Garmish-Partenkirchen arxiyepiskopining Sankt-Irmengard-Gymnasium / Simon Kretschmer, Gyote instituti O’zbekiston / Zuxraxon Otaniyozova, Urganch Davlat Universiteti Akademik Litseyi / Prof. (em.) Richard Powers, Shtutgart universiteti / Uta Steinel-Schrenk, Inda-Gymnasium Aachen |
Mavzu | Ma’ruzada Gyote institutining O‘zbekiston va Tojikistonda nemis tili va madaniyatiga alohida qiziqish ko‘rsatuvchi maktablar tarmog‘ini barpo etayotgan PASCH tashabbusi bilan tanishtiriladi. PASCHning maqsadlari va faoliyati, jumladan stipendiyalar, o’qituvchilar malakasini oshirish va talabalar almashinuvi dasturlari haqida ma’lumot beriladi. Muvaffaqiyatli loyihalar va eng yaxshi amaliyot namunalari qanday qilib PASCH loyihasi nemis tili darslarini va madaniyatlararo almashinuvni qo‘llab-quvvatlashini ko’rsatadi. Kim xalqaro miqyosda ishlashni va sinfda chegaralarni kesib o’tishni xohlamaydi? eTwinning bilan siz maktab o’quvchilari va hamkasblaringiz, shuningdek, butun Evropadan kelgan talabalar va universitetlar bilan himoyalangan virtual maydonda birgalikda ishlash imkoniyatiga egasiz. Ushbu ma’ruzada siz eTwinning qanday qilib darslaringiz yoki o’qishlaringizni osonlik bilan boyitishi haqida tushunchaga ega bo’lasiz. Buning uchun siz PASCH maktabi bo’lishingiz shart emas. Va eTwinning ham bepul. Biz sizni eTwinning orqali sinashga undamoqchimiz va undan darsda yoki o‘qishda undan qanday foydalanish, hamkorlarni qanday topish, ish natijalarini qanday boshqarish va baham ko‘rishni o‘rganish. Biz misollar ko’rsatamiz, eTwinningni tushuntiramiz va qiziquvchilar uchun eTwinning TwinSpace ni o’rnatamiz. Ma’ruza, ayniqsa, o‘qituvchilar va barcha qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. |
Nemis tili va tadqiqot
Tadbir | Tafsilotlar |
---|---|
Ilmiy tadqiqot olib borish I | Svenja Krause / Sanjar Islomov, Myunster Universiteti |
Mavzu | Universitet kontekstida ilmiy ishlarning sifati va shaffofligini ta’minlash muvaffaqiyatli xalqaro tadqiqot diskursi uchun juda muhimdir. Seminarning maqsadi birinchi navbatda ilmiy nazariya asoslari bilan tanishtirish, keyin esa nemis tilshunosligi va adabiyoti sohasida mavzuga oid ish va tadqiqot usullarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo’lishdir. |
Maqsadli guruh | Ilmiy maqola yozishni rejalashtirgan barcha ishtirokchilar uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Ilmiy tadqiqot olib borish II | Svenja Krause / Sanjar Islomov, Myunster Universiteti |
Mavzu | Seminar davomida ilmiy ishning majburiy ish bosqichlari taqdim etiladi va o’z tadqiqotining Evropa standartlariga javob berishi sinovdan o’tkaziladi. Seminarning ish sohalari jumladan tegishli tadqiqotga oid adabiyotlarni topish, mantiqiy tushunarli tadqiqot strukturasini shakllantirish va uslub ko’rsatmalar hamda iqtibos keltirish qoidalarini hisobga olishni o’z ichiga oladi. |
Maqsadli guruh | Ilmiy maqola yozishni rejalashtirgan barcha ishtirokchilar uchun ochiq; B1 til darajasidan |
O’qish va kasbiy faoliyatda Nemis tili
Tadbir | Tafsilotlar |
---|---|
Ma’ruza: O’zbekistonda nemis tili imtihonlari | Stefan Anton Umbach, Staatliches Institut für Fremdsprachen Samarkand |
Mavzu | Ma’ruzada Nemis tili testini topshirish bo’yicha imtihon tuzilishi, imtihonning alohida qismlari va ularga qo’yiladigan talablar haqida ma’lumot beradi. Referent baholash mezonlari haqida tushuncha beradi va tayyorgarlik bo’yicha amaliy maslahatlar beradi. Bundan tashqari, umumiy savollarga aniqlik kiritiladi va individual masalalarni muhokama qilish imkoniyati mavjud. Maqsad ishtirokchilarga imtihonda muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun ishonch va aniqlik berishdir. |
Maqsadli guruh | Barcha ishtirokchilar uchun ochiq |
————— | ——————————————————————————- |
Nemis tili diplomatiya tili sifatida | Dr. Zohid Jumaniyozov, Urganch Davlat Universiteti |
Mavzu | Ma’lumki, til og’zaki va yozma muloqotda vosita bo’lib xizmat qiladi. U muloqot qiluvchilar o’rtasida vositachilik qiladi. Muloqotning maqsadi odatda ijobiy natijaga erishishdir. Bu erda diplomatiya tili muhim rol o’ynaydi. Shu nuqtai nazardan, biz dunyodagi diplomatiya tillari, xususan nemis tili, nemis tili “lingua franca” sifatida va ingliz va boshqa tillarning nemis tiliga ta’siri haqida qisqacha gaplashiladi. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
————— | ——————————————————————————- |
Nemis tili – kasbiy perspektivalar | Arslonbek Omonov, Termiz Davlat Universiteti |
Mavzu | Seminar ishtirokchilari “Nemis tili O‘zbekistonda va DACH mamlakatlarida qanday kasbiy istiqbollarni taklif etadi?” degan markaziy savolga murojaat qilishadi. Ishtirokchilar nemis tili diplomi bilan kasbiy istiqbollar haqida to’liq va qo’shimcha ma’lumotlar olishadi. Shuningdek ishtirokchilar mavzuga oid so’z boyliklarini kengaytiradilar va motivatsiya xati hamda tarjimai xol yozishni o’rganadilar. |
Maqsadli guruh | Hamma uchun ochiq; B1 til darajasidan |
Nemis tilida gapiring va o’rganing
Ko’ngillilar mavzusidagi kecha “Ko’ngillilik” mavzusidagi kecha barcha talabalar uchun ochiq muhokama forumidir. Fachschaft Germanistik talabalar vakillik kengashi raisi Maksimilian fon Mulertning qisqacha kirish so‘zlaridan so‘ng ishtirokchilar o‘zaro fikr almashadilar. Quyidagi savollarga birgalikda javob izlanadi: Mening madaniyatimda ko’ngillilik/ volontyorlik nimani anglatadi? Nima uchun odamlar ko’ngilli bo’lishadi? Ko’ngillilik/ volontyorlik faoliyati bilan nimaga erishishi mumkin?
Pub viktorina “Pubquiz” formatining kelib chiqishi Irlandiyaga borib taqalsada, lekin hozirda Germaniyada va butun dunyoda juda keng tarqalgan. Myunsterlik talabalar ham yiliga bir marta, talabalar orasida juda mashhur bo’lgan, katta pub viktorinasini tashkil qilishadi - va endi ushbu viktorina yozgi maktabga keladi! Sizni kichik guruhlarda birgalikda bajariladigan, 6 ta toifadagi ko’plab qiziqarli topshiriqlar, savollar va mavzular kutmoqda. Kunni yakunlashning qiziqarli usuli! Aytgancha o’zingiz yaxshi ko’rgan bironta salqin ichimligingizni olib kelishingiz mumkin.
Imtihon simulyatsiyasi Kichik imtihon simulyatsiyalari ishtirokchilarga “og’zaki imtihon” formati bilan tanishish va amaliyotda qo’llab ko’rish imkoniyatini beradi. Ishtirokchilar individual imtihon testlari va test natijalari bo’yicha individual feedback oladi. Mashqlar muvaffaqiyatli birgalikda o’rganish maqsadida erkin muhitda o’tkazilib, talabalar hech qanday baholar va baholashdan qo’rqmagan holda, o’z til ko’nikmalari haqida ona tilida so’zlashuvchilardan fikr-mulohazalar oladilar.