Germaniya-O'zbekiston universitetlari tarmog'i

Germaniya-O’zbekiston universitetlari tarmog’i InGeZa

Germaniya-O’zbekiston universitetlari tarmog’i InGeZa

Madaniyatlararo germanistika Markaziy Osiya nuqtai nazaridan

Myunster Universiteti (UM), Germanistika Institutining Buxoro Davlat Universiteti (BuxDU), Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti (CPDU), Termiz Davlat Universiteti (TerDU), shuningdek Urganch Davlat Universiteti (UrDU) ning nemis tili kafedralari bilan Germaniya-O’zbekiston Oliy ta’limi hamkorligi akademik almashinuvdan tashqari, madaniyatlararo muloqot, universitet didaktikasi va raqamli ta’lim shuningdek ta’lim sohalaridagi umumiy mavzular va muammolarga bag’ishlangan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi noyob universitetlar tarmog’i ushbu sohalarda innovatsion loyihalarni qo’llab-quvvatlaydi va madaniyatlararo germanistika oldida turgan ijtimoiy o’zgarishlar orqali yuzaga kelgan muammolarga bag‘ishlangan mintaqaviy va xalqaro muloqotni kuchaytiradi. Bunda, talabalar, doktorandlar va professor-o’qituvchilar almashinuvi muhim rol o’ynaydi. Tarmoq mintaqaviy va xalqaro kengayish uchun mo’ljallangan. Nukusdagi Qoraqalpog‘iston Davlat Universiteti integratsiyasining rejalashtirilgani aniq misol sifatida ko’rish mumkin.

Universitetlar haqida qisqacha

Myunster Universiteti

Universitet Germaniyadagi beshinchi yirik universitetdir. Bu yerda har yili 7700 dan ortiq diplom olinadi (2021 yil holati bo’yicha). Myunster universiteti kampus universiteti hisoblanmaydi. Universitetning 246 ta binosi Myunster shahri boʻylab yoyilgan boʻlib, ularning aksariyati asosan biologiya va germanistika boʻlimlari joylashgan Shlossplatz va Myunster universiteti va Federal Yer kutubxonasi, Yuridikum (huquqshunoslik va iqtisodiyot bo’limlari), shuningdek, ta’lim va ijtimoiy fanlar, tarix/falsafa, ilohiyot va filologiya bo’limlari joylashgan Domplatz oʻrtasidagi hududda to’g’ri keladi. Myunster universiteti kasalxonasi, psixologiya va sport fanlari, musiqiy ta’lim va musiqashunoslik, matematika va informatika, kimyo va farmatsiya, fizika va geologiya fanlari bo’limlari Shlossplatzning g’arbiy qismidagi Coesfelder Kreuz yaqinida joylashgan. Boshqa institutlar Leonardo kampusida, ichida universitet, texnik kollej va san’at akademiyasi mavjud bo’lgan va 1888-1901 yillarda qurilgan sobiq “Von Einem Kavalyer kazarmasi”da, shuningdek, Xüffer fondi va Aasee ko’li yaqinida joylashgan. Universitet fundamental tadqiqotlarda ham, amaliy fanlarda ham faol. Universitet dasturi ikkita mukammallik klasterini, 15 ta qo’shma tadqiqot markazlarini, DFG (Deutsche Forschungsgemeinschaft – Germaniya ilm-fan jamiyati)ning beshta tadqiqot o’quv guruhini, 28 ta DFG ustuvor dasturlarini, 13 ta Yevropa tadqiqot kengashi grantlarini (ERC grantlari: ikkita ilg’or, to’rtta konsolidator va uchta boshlang’ich grant, 2018 yil holatiga ko’ra), sakkizta Emmy Noeter kichik tadqiqot guruhi va 26 tadqiqot markazini (2018 yil holatiga ko’ra) o’z ichiga oladi. 550 ga yaqin mahalliy va xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari, shuningdek, xorijiy universitetlar bilan ikki tomonlama diplom va ikki tomonlama bakalavriat (jumladan, filologiya, siyosatshunoslik, huquqshunoslik va iqtisodiyot yoʻnalishlari) shartnomalari mavjud. Asosan Sharqiy Yevropa va Osiyodan kelgan 3600 nafarga yaqin chet ellik talabalar universitet talabalarining sakkiz foizini tashkil qiladi. Har semestrda 1300 nafarga yaqin Myunster talabalari chet elda tahsil olishadi. Myunster universitetining bosh sahifasi

Myunster universitetining bosh sahifasi

Buxoro Davlat Universiteti

Buxoro davlat universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat pedagogika instituti, BuxDU) — Oʻzbekiston Respublikasi, Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi oliy oʻquv yurtidir. Universitet dastlab 1930 yilda Buxoro pedagogika instituti sifatida tashkil etilgan. 1992-yil 15-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan Buxoro pedagogika institutiga universitet maqomi berildi. Universitet tarkibiga 10 ta fakultet kiradi. Bular Fizika-matematika fakulteti, Iqtisodiyot va turizm fakulteti, Axborot texnologiyalari fakulteti, Tarix va yuridik fakulteti, Filologiya fakulteti, Xorijiy tillar fakulteti, Tabiiy fanlar fakulteti, Agronomiya va biotexnologiya fakulteti, San’atshunosllik fakulteti, Sport faoliyati va pedagogika fakulteti. Universitetga qabul oldindan tasdiqlangan kvota bo‘yicha amalga oshiriladi. Buxoro davlat universitetida ijtimoiy ta’lim markazi, 50 ta kafedra, mintaqaviy til organish markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilish uchun tayyorlov kurslari, ARM (nodir qo‘lyozmalar va toshbosma asarlar bo‘limiga ega), botanika bog’i, planetarium, ma'lumotlar markazi va test markazi mavjud. Hududiy zoologiya, arxeologiya, taʼlim va sport muzeylari, sport-harbiy tayyorgarlik, sport-sogʻlomlashtirish majmualari, oʻquv va madaniyat ishlari klubi (2001) bor. Universitetda 85 ta bakalavriat va 40 ta magistratura talim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bundan tashqari, Buxoro davlat universitetida ilmiy tadqiqot olib boorish uchun doktorantura yo‘nalishlari mavjud. Tadqiqotchilar bu yerda faoliyat yurituvchi o‘n uchta ilmiy kengashda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qiladilar. Talabalar soni bo‘yicha Buxoro davlat universiteti O‘zbekistondagi eng yirik universitetlardan biridir. 2023-yilda bu yerda 25 000 ga yaqin talaba tahsil oldi, 800 dan ortiq professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Universitetning ilmiy salohiyati hozirda 52 foizni tashkil etadi. Universitetda turli yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Italiya, Irlandiya, Fransiya, Polsha va AQShdagi OTM va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan ilmiy hamkorlik aloqalari o`rnatilgan.

Buxoro davlat universiteti bosh sahifasi

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti (ChDPU, shuningdek, Chirchiq davlat pedagogika universiteti) — Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan, pedagogika yoʻnalishi boʻyicha taʼlim beruvchi universitet. Universitet Oʻzbekiston Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3152 sonli Qaroriga asosan maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari taʼlim muassasalarining tarbiyachilar, boshlangʻich sinf ayniqsa aniq fanlar va chet tillari boʻyicha oʻqituvchilarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, tumanlar va qishloq joylaridagi taʼlim muassasalarini yuqori malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash hamda xalqaro standartlar darajasiga mos oliy maʼIumotli pedagog kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va taʼlim sifatini yaxshilash maqsadida tashkil etildi. Taʼlim jarayoni Oʻzbekiston hukumati tomonidan belgilangan ikki turda tashkil etilgan: universitetda oʻqishning birinchi turi kontrakt asosida boʻlishi belgilangan. Barcha oʻquv yigʻimlari Oʻzbekiston hukumati standartlari bilan belgilangan boʻlib, universitetda shartnoma asosida tahsil olayotgan har bir talaba toʻlov-shartnomani oʻz vaqtida toʻlashi lozim. Chirchiq davlat pedagogika universitetida oʻqishning ikkinchi turi grant asosida boʻlishi belgilangan. ChDPUda oʻqish muddati bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistratura uchun 2 yil etib belgilangan. Oʻquv dasturlari va darsliklar talabalar uchun Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim standartlariga asosan ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan nazorat qilinadi. Universitetning administrativ qismi Oʻzbekistonning boshqa milliy universitet va institutlari bilan bir xil. Universitet rahbari rektor hisoblanib, universitetda 4 nafar prorektor faoliyat koʻrsatadi. Barcha fakultetlar dekanlar tomonidan, kafedralar esa mos ravishda professor-oʻqituvchilar tomonidan nazorat qilinadi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti bosh sahifasi

Termiz Davlat Universiteti

Termiz davlat universiteti - ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15 martda Termiz pedagogika instituti (1955-yilda asos solingan) negizida Termiz shahrida tashkil etilgan. Universitetda 14 fakultet (fizika-matematika, tabiiy fanlar, kimyo, amaliy matematika va komyuter texnologiyalari, iqtisodiyot va turizm, arxitektura va qurilish, tarix, ijtimoiy fanlar, yuridik, o’zbek filologiyasi, xorijiy filologiya, rus va qardosh tillar, sport faoliyati va bosharuv, milliy libos va san’at), 48 kafedra, 30 dan ortiq ilmiy va oʻquv laboratoriyasi, 4 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, biznes maktabi, 50 oʻrinli sanatoriy profilaktoriyasi, sport majmuasi, milliy ansambl va yosh tomoshabinlar teatri, “Tabassum” quvnoqlar va zukkolar klubi mavjud. Universitetda internet tarmogʻiga ulangan 3 kutubxona (300 mingdan ortiq adabiyotlar), 3 o’quv zali bor (2004). Universitetda 27 ixtisoslik [kasb taʼlimi (sohalar boʻyicha), musiqiy taʼlim, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, boshlangʻich taʼlim va tarbiyaviy ish, maktabgacha taʼlim, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, kasb taʼlimi (ijtimoiy-iqtisodiy soha), kasb taʼlimi (kimyoviy texnologiya va biotexnologiya), kasb taʼlimi (qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, dastlabki ishlov va saqlash texnologiyasi, agroinjeneriya), filolologiya, oʻzbek tili, ingliz tili, nemis tili, rus tili, tarix, psixologiya, iqtisodiyot, menejment, moliya, biologiya, fizika, geografiya, kimyo, matematika, amaliy matematika va informatika, transport vositalarini ishlatish va taʼmirlash, agrokimyo va agrotuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish] boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi. 6 mutaxassislik boʻyicha doktorantura faoliyat koʻrsatadi. 2002/03 oʻquv yili universitetda 6700 talaba taʼlim oldi, 536 oʻqituvchi, jumladan, 26 fan doktori va professor, 152 fan nomzodi va dotsent ishladi. Universitet Rossiya, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Gollandiya, Polsha, Ukraina, Avstriya, Bolgariya, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon olimlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. 2004-yil gacha universitet 27 mingdan ortiq, mutaxassis tayyorladi.

Termiz davlat universiteti bosh sahifasi

Urganch Davlat Universiteti

Urganch Davlat Universiteti — Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasasi. Xorazm viloyati, 1942-yil iyulda Urganch shahrida toʻliqsiz oliy maʼlumotli oʻqituvchilar tayyorlash instituti sifatida tashkil etilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „PF-356“.-sonli Farmoni asosida Urganch Davlat Universiteti maqomi berilgan. Urganch davlat universiteti O‘zbekiston Respublikasining eng qadimiy universitetlaridan biridir. Hozirgi kunda Urganch davlat universiteti o‘quv va ilmiy tadqiqot, masofaviy ta’lim va olimlarni faol rag‘batlantirishda yuksak natijalarga erishmoqda. Universitet Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy qismidagi Xorazm viloyatida, mamlakatning tarixiy va madaniy markazlaridan biri boʻlgan hududda joylashgan. Xiva shahri sayyohlar orasida mashhur, shahardagi Ichan-qal’a majmuasi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shahar 2500 yildan ortiq tarixga ega bo’lgan tarixiy obidalarga ega. Xorazm, ayniqsa, ilm-fan tarixida boy ilmiy merosga ega bo‘lib, talabalar uchun o‘ziga xos tadqiqot muhitini taqdim etadi. Xorazmda VIII-XI asrlarda Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi buyuk allomalari tavallud topgan. Ular bugungi kunda mavjud bo’lgan ilmiy bilimlarga katta hissa qo’shishgan. Masalan, algebra so‘zi “Kitob muxtasar min hisob aljabr valmuqobala” (“Aljabr valmuqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) asari nomidan kelib chiqqani yaxshi maʼlum, algoritm so‘zi esa Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. Bu olimlar faoliyat ko‘rsatgan Xorazmning tarixiy maskanlariga tashrif buyurish orqali talabalar VIII-XV asr ilm-fani tarixi, shuningdek, Al-Xorazmiy va Abu Rayhon Beruniy asarlarining ularning taraqqiyot va ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi haqidagi bilimlarini kengaytiradilar. Urganch davlat universitetida 30 000 dan ortiq talabalar uchun ilmiy va ta’lim muhiti yaratilgan. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 160 dan ortiq o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, bakalavrlar, magistrlar va doktorantlar uchun Muhandislik, Matematika, Kompyuter ilmlari, Tarix, Iqtisodiyot, Kimyo, Biologiya, Biotexnologiya, Oziq-ovqat fani, Pedagogika va boshqa bilim yo‘nalishlari bo‘yicha muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Urganch davlat universiteti Erasmus+ xalqaro kredit mobilligi loyihalari CLASS, EPCA, ELBA, IRES, 3D Digital Silk Road, English for STEM, SUMRICA doirasida xorijiy universitetlar bilan hamkorlik qiladi. Universitet 100 dan ortiq oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik toʻgʻrisida shartnomalar imzolagan. Talabalarimiz Italiya, Fransiya, Sloveniya, Ispaniya, Portugaliya, Daniya, Polsha, Gretsiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda akademik mobillik asosida tahsil olish imkoniyatiga ega.

Urganch davlat universiteti bosh sahifasi

Qoraqalpoq davlat universiteti

Qoraqalpoq davlat universiteti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — Qoraqalpogʻistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti. Ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydi. 1976-yil Nukus shahrida Qoraqalpoq pedagogika instituti (1934-yil asos solingan) negizida tashkil etilgan. 1992-yil 26 yanvarda Berdaq nomi berilgan. Universitetda 16 fakultet (matematika, fizika, kimyo, iqtisodiyot, moliya, xorijiy tillar, muhandislik-qurilish, yuridik, tabiatshunoslik, musiqa va jismoniy tarbiya, tarix, filologiya, magistratura, sirtqi tabiiy-iqtisod, sirtqi gumanitar, maxsus sirtqi) va bir boʻlim (jurialistika), 49 kafedra, 30 dan ortiq oʻquv va ilmiy laboratoriya bor. Universitetda konferensiya oʻtkazishga moʻljallangan “Lektor” tizimi oʻrnatilgan. Shuningdek oʻquv, ilmiy, oʻqitish jarayonini texnik taʼminlash, iqtidorli talabalar bilan ishlash, xalqaro aloqalar, marketing xizmati, monitoring boʻlimlari, malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash, oʻquv-metodik, test, ilgʻor pedagogik texnologiyalar, axborot informatsion texnologiyalar va masofadan oʻqitish, mintaqaviy til oʻrganish, maʼnaviyat va maʼrifat, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti markazlari, bahs-munozara klubi faoliyat kursatadi. Universitetda sanatoriy-profilaktoriy, “Umid” sport sogʻlomlashtirish oromgohi, biznes maktabi, 3 akademik litsey, yuridik klinika mavjud. Asosiy kutubxonasida 470 mingdan ziyod adabiyot saqlanadi. Universitet 36 taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bakalavrlar, 26 ixtisoslik boʻyicha magistrantlar tayyorlaydi. Universitetda 8 mutaxassislik boʻyicha aspirantura (1978-yil tashkil etilgan), 2 mutaxassislik boʻyicha doktorantura (1993-yil tashkil etilgan) faoliyat koʻrsatadi. 2004/2005 oʻquv yili universitetda 6875 talaba taʼlim oldi, 462 oʻqituvchi va ilmiy xodim, jumladan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining 3 akademik, 22 fan doktori va professor, 163 fan nomzodi va dotsent ishladi. 2000-2004-yillar chet el grantlari asosida 147 ming AQSH dollari miqdorida ilmiy tadqiqotlar ishlari bajarildi. Universitet bir qancha xorijiy davlatlarning nufuzli universitet, institutlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. Universitetda “Qoraqalpoq universiteti” gazetasi chiqali Universitet uzining kichik bos-maxonasiga ega boʻlib, unda professor oʻqituvchilarning ilmiy asar va oʻquv metodik adabiyotlari chop etiladi.

Qoraqalpoq davlat universiteti bosh sahifasi