So’z boshi

Universitet o‘qituvchilari, talabalari va Nemis tili o‘qituvchilari uchun xalqaro olmon-o‘zbek yozgi maktabi tobora raqamlashib va madaniyatlararolashib borayotgan oliy ta’lim muhitida o‘qitish va o´rganishning kelajagi bilan bog‘liq mavzularga bag‘ishlanganadi.

Asosiy e’tibor chet tili o‘qitish didaktikasidagi dolzarb tendentsiyalar hamda universitet va maktab ta’limida madaniyatlararo muloqotning ahamiyatiga qaratiladi. Shu munosabat bilan ishtirokchilarga madaniyatlararo muloqot sohasida o‘qitish va o‘rganishni loyihalash bo‘yicha takliflar taqdim etiladi va amaliyotda qo‘llab ko‘riladi. Chet tillarini o‘qitishda raqamlashtirish yozgi maktab doirasida o‘qitish va o‘rganish jarayonlarining samaradorligini oshirishda integral va innovatsion yondashuv sifatida ko‘rib chiqiladi. Yozgi maktabning raqamlashtirish falsafasi maxsus raqamli texnologiyalar taqdim etiladigan va amaliy sinab ko‘rish mumkin bo‘lgan raqamli labaratoriya yordamida ham qo‘llab-quvvatlanadi. Til ko‘nikmalarini o‘rgatish va rivojlantirishga qaratilgan misollar turli maqsadli guruhlarga mo‘ljallangan nemis tili darslari uchun aniq amaliy yechimlar taklif etadi. Bundan tashqari yuqori bosqichlardagi magistrantlar va yosh olimlar o‘z ilmiy loyihalarini taqdim etish hamda ilmiy ish uslublarini o‘rganish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi. Shuningdek barcha ishtirokchilarga nemis tilining mintaqaviy, milliy va xalqaro kontekstlardagi kasbiy istiqbollarini o‘rganish imkoniyati taqdim etiladi. Shu bilan birga, yozgi maktab olmon va o‘zbek talabalari, o‘qituvchilari va ikki mamlakat yosh olimlari o‘rtasida muloqot va hamkorlik platformasini taklif etadi hamda mustahkamlaydi.