Buxoroda unutilmas shahar sayohati
20-avgust, 2024 by Aziza Hajiboyeva, Gulruxsor Toliboyeva and Sevara Sotimova1 Minute
Kecha Buxoroda yozgi maktabdagi birinchi kunimiz edi. Ma’ruzalar va amaliy darslariga to’la kundan keyin biz ayniqsa kechqurunni intiqlik bilan kutdik, chunki biz shaharni aylanishimiz kerak edi. Shahar sayohati asosiy joydan boshlandi: Ark qal’asi. Ark bu bir taassurot qoldiradigan binodir. Qadimgi devorlarga kirishimiz bilan bu yerda tirik tarixni his qildik. Yo‘lboshchimiz bu qal’a bir vaqtlar Buxoroning siyosiy markazi bo‘lganini aytdi. Hukmdorlar bu yerda qanday yashab, muhim qarorlar qabul qilganini yaxshi tasavvur qila olardik. Qal’adan biz ajoyib manzarani körar edik. Biz o’zimizni boshqa vaqtdagidekdek his qildik va ko’p yillar oldin bu erda hayot qanday bo’lganini tasavvur qildik. Ekskursiya tor ko‘chalar, eski karvonsaroylar va masjidlar yonidan davom etdi. Bizga, ayniqsa, asrlar davomida mavjud bo‘lgan go‘zal maktab Miri Arab madrasasi yoqdi. Rangli naqshlar va u yerdagi sokin muhit ta’sirli edi. Quyosh botishi bilan qadimiy devorlar maftunkor tusga kirgan edi. Ilgari bu yerda odamlar qanday yashaganini, butun dunyodan kelgan sayohatchilar Buxoroda qanday yigilishganini tasavvur qila oldik. Bu biz uchun uzoq vaqt esda qoladigan alohida lahza edi. Buxorodagi birinchi kunimiz ko‘plab yangi taassurotlar bilan yakunlandi. Biz bu shaharning tarixi va madaniyati haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’ladigan yaqin kunlarni intiqlik bilan kutmoqdamiz. Ezgu tilaklar ila Aziza, Sevara va Gulruxsor